Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Turar joyga mulk huquqi mavjudmi ?


 Turar joyga mulk huquqi mavjudmi ?

Turar joy xususiy yoki davlat mulki boʻlishi va qonunchilikda belgilangan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga oʻtishi mumkin.

Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat turar joyga boʻlgan mulk huquqining subyektlaridir.

Turar joyga boʻlgan mulk huquqi muddatsiz boʻlib, fuqarolar va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda shaxsning oʻziga tegishli turar joyga oʻz xohishi va manfaatlariga koʻra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Turar joylarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish, ularni qayta qurish yoki buzish shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Uylar, kvartiralar, uyning bir qismi, kvartiraning bir qismiga (bundan buyon matnda uylar, kvartiralar deb yuritiladi) boʻlgan xususiy mulk miqdor, oʻlcham va qiymat jihatdan cheklanmaydi.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanadi.

Turar joy faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda sudning qaroriga asosan majburiy tarzda olib qoʻyilishi mumkin.

 

Parkent tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                              S.R.Xasanboyev