Янгиликлар
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qaysi organga yoʻnaltiriladi ?
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qaysi organga yoʻnaltiriladi ?
Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar quyidagi shaxslar va tashkilotlar tomonidan 24 soat ichida asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga (shu jumladan, elektron shaklda) bola aniqlangan hududdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoʻnaltiriladi:
▪️ijtimoiy xodim, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi ;
▪️ichki ishlar organlari;
▪️notariuslar;
▪️sogʻliqni saqlash organlari;
▪️sudlar;
▪️taʼlim muassasalari;
▪️fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari.
Vakolatli organga taqdim etiladigan maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun maʼlumotni kiritayotgan idoralarning rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi. (https://lex.uz/pdfs/7283077)
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev