Янгиликлар
Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi qanday ?
Fuqarolarga va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi qanday ?
Xususiy mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan oʻzlari va oila aʼzolari yashashi uchun foydalanadilar. Ular uyiga, kvartirasiga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga, shuningdek turar joylarni ushbu Kodeksda hamda oʻzga qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ijaraga berish shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga yashash uchun berishga haqlidirlar.
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar ulardan boshqa fuqarolar hamda yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan holda boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.
Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar ularni ijaraga, arendaga berishga hamda ulardan uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa maqsadlarda foydalanishga haqlidirlar.
Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan hamda yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev