Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat ?


Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat ?

Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash usulini tanlash huquqiga egadir.

Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini taʼminlashi, ularni oʻz hisobidan joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi shart.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori oʻziga qarashli joyga koʻp kvartirali uyga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini taʼminlashi shart.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillari oʻziga qarashli joyga kirishlarini darhol taʼminlashi shart. Kvartira mulkdori yoʻqligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-taʼmirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Koʻp kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan oʻziga qarashli joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan yoki oʻzgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda bu joyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.

 

Parkent tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                              S.R.Xasanboyev