Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash uchun javobgarlik mavjudmi ?


Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash uchun javobgarlik mavjudmi ?

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 100-moddasiga asosan,- elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, yaʼni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda toʻliq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qoʻyish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud boʻlishi, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz xizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanish —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Parkent tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                              S.R.Xasanboyev