Янгиликлар
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish uchun javobgarlik mavjudmi?
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish uchun javobgarlik mavjudmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasiga asosan,-Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoki hayvonlarning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev