Янгиликлар
Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan koʻchirish mumkinmi?
Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan koʻchirish mumkinmi?
Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini bermayotgan boʻlsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat taʼsir choralari natija bermagan boʻlsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy toʻlamagan boʻlsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan toʻlov muddati oʻtganidan soʻng ikki martadan ortiq toʻlanmagan holda ijaraga beruvchi yoki oʻzga manfaatdor shaxslarning talabi boʻyicha aybdorlarni koʻchirish boshqa turar joy bermasdan amalga oshiriladi. Shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum boʻlganliklari uchun oʻz farzandlari bilan birga yashashi mumkin emas deb topilsa, ular boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishlari mumkin.
Birga yashash imkoni boʻlmaganligi sababli boshqa turar joy bermasdan koʻchirilishi lozim boʻlgan shaxslar oʻzlari egallab turgan turar joydan koʻchirilish oʻrniga uni almashtirishdan manfaatdor taraf koʻrsatgan boshqa turar joyga almashtirishga sud tomonidan majbur etilishlari mumkin.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev