Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qanday ?


 Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qanday ?

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi.

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

ariza;

umumiy (taʼsis) yigʻilishning bayonnomasi;

uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi koʻrsatilishi, shuningdek “kooperativ” soʻzi boʻlishi kerak.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda koʻrib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida;

taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati toʻgʻrisida;

uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

 

Parkent tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                              S.R.Xasanboyev