Янгиликлар
Turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydigan shart-sharoitlarga nimalar kiradi?
Turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydigan shart-sharoitlarga nimalar kiradi?
Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
ijaraga oluvchiga nisbatan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilgan boʻlsa;
jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi munosabati bilan turar joy xatlangan (boshqa shaxsga berish taqiqlab qoʻyilgan) boʻlsa;
almashtirish soxta tusda boʻlsa;
turar joy texnik nosoz holatda boʻlib, buziladigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta quriladigan yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun beriladigan boʻlsa;
turar joy yashash xonalarini qayta qurish yoki oʻzgartirish bilan kapital taʼmirlanishi lozim boʻlsa;
almashtiriladigan turar joylardan biri aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyida boʻlsa;
joy xizmat turar joyi boʻlsa yoki yotoqxonada boʻlsa;
almashtirish munosabati bilan almashayotgan taraflardan birining uy-joy sharoitlari tubdan yomonlashib, buning oqibatida fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlib qolsalar.
Qonunchilikda turar joy almashtirilishini man etuvchi boshqa hollar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev