Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish tartibi qanday ?


Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish tartibi qanday ?

Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi.

Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno.

Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondining uyidagi yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uyidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari hamda ijaraga oluvchi, uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarining aʼzosi turar joyga koʻchib kirishining asoslari toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar, turar joyga mulk huquqini olayotgan shaxs (shaxslar), agar turar joyga mulk huquqi bir necha shaxsda vujudga keladigan boʻlsa, ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlari, shuningdek taraflardan birining bergan arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi kerak boʻlgan boshqa shartlar koʻrsatiladi.

Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Turar joylarni almashtirish shartnomasini tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi.

Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.

Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Parkent tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                              S.R.Xasanboyev