Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Korporativ munosabatlarda byurokratiyaning oldi olinadi


Korporativ munosabatlarda byurokratiyaning oldi olinadi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonunga ko'ra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda:

·        unitar korxona va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat shakllarini tugatish;

·        yuridik shaxslarni qo'shib yuborish, qo'shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o'zgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat'i nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga o'tkazilishi;

·        korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash;

·        mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning ta'sis shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish haqidagi talabni bekor qilish;

·        xo'jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish;

·        qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog'ozlar chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi, shuningdek qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni e'lon qilish.

Ushbu Qonun xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatini va ularni boshqarishni soddalashtirish, korporativ munosabatlarni takomillashtirish, xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari va ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilishning yanada ishonchli vositalarini joriy etish, amaliyotda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qator tartib-taomillar va talablarni bekor qilish orqali korporativ munosabatlardagi byurokratiyaning oldini olishga xizmat qiladi.

Manba: O'RQ-1025-son, 07.02.2025-y.

 

Huquqiy axborot shu`basi boshlig'i                                          Sh.Toshpo‘latov