Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi


Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.

Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o'z vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.

Manba: O‘RQ-1027-son, 11.02.2025-y.

 

Huquqiy axborot shu`basi boshlig'i                                          Sh.Toshpo‘latov