Янгиликлар
Jinoyat kodeksning Oʻzbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
Jinoyat kodeksning Oʻzbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun oʻsha davlat sudining hukmi bilan jazolangan boʻlmasalar, ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Oʻzbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ushlab berilishi mumkin emas.
Chet el fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina ushbu Kodeks boʻyicha javobgarlikka tortiladilar.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev