Янгиликлар
BIZNES (TADBIRKORLIK) UCHUN OLDINDAN NOM OLING VA HIMOYA QILING!
Biznes (TADBIRKORLIK) UCHUN oldindan nom OLING VA HIMOYA QILING!
Endi firma nomini buyurtma qilish mumkin! ✅
Xizmat koʻrsatish tartibi
jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiliadi yoki tizimdagi shaxsiy kabineti orqali roʻyxatdan oʻtadi.
tizim orqali soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilinganda va soʻrovnomani eri bilan tasdiqlash imkoni boʻlmaganda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari ham tasdiqlanishi mumkin.
Xizmat (Soʻrovnoma) vakolatli organ – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tadbirokrlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali koʻrsatiladi.
Firma nomini oldindan zaxira qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50% miqdorida toʻlov qilinadi.
Soʻrovnoma ikki ish kuni davomida koʻrib chiqiladi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha buyurtma qilingan firma nomi band qilinadi yoki band qilish rad qilinadi.
Davlat xizmati koʻrsatishni rad qilishga quyidagilar asos boʻladi:
- tanlangan firma nomi Tizimda boshqa shaxs tomonidan zaxiraga olingan boʻlsa
- buyurtma qilingan firma nomi Oʻzbekiston Respublikasi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasida belgilangan talablarga zid boʻlsa
- buyurtma qilingan firma nomi reglament qoidalari tadbiq etilmaydigan yoʻnalishlar boʻyicha berilgan boʻlsa.
???? firma nomini 60 kungacha zaxirada saqlab, zaxiraga olingan muddat tugasa, uni qoʻshimcha ravishda bir marotaba 12 oydan oshmagan muddatga bhmning 1 baravari miqdorida toʻlov toʻlagan holda uzaytirish mumkin.
⚡️ ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki elektron tizim orqali (birdarcha.uz) murojaat qiling!
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori.
Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish shu‘ba boshlig‘i X.Prnazarov