Янгиликлар
Retsidiv jinoyat deb topish tartibi
Retsidiv jinoyat deb topish tartibi
Shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga oʻxshash jinoyat sodir etgan, ushbu Kodeksda alohida koʻrsatilgan hollarda esa, jinoyat kodeksi maxsus qismi boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
Besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, yaʼni:
a) ilgari oʻta ogʻir jinoyati uchun yoki ikki marta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan oʻta ogʻir jinoyat sodir etilishi;
b) ilgari ogʻir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qatʼi nazar, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning ogʻir jinoyat sodir etishi oʻta xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi.
Sudning hukmi bilan shaxs oʻta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin.
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining oʻtib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.
Ushbu jinoyat kodeksi maxsus qismining oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar qonunda belgilangan tartibda oʻta xavfli retsidivist deb topilgan boʻlsagina qoʻllaniladi.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev