Янгиликлар
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi,uni taynlash tartibiyu
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi,uni taynlash tartibiyu
Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.
Ozodlikdan mahrum qilish bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan bir necha jazolarni qoʻshish tartibida tayinlanganda, uning muddati yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu jinoyat kodeksi maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng koʻp muddatining uchdan ikki qismidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan ogʻir jinoyat sodir etganlik va oʻta ogʻir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib yoki oʻtayotgan chogʻida, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;
g) oʻta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar, shuningdek afv etish tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi.
Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga:
a) oʻta xavfli retsidivistlarga;
b) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonunchilikka muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev