Янгиликлар
Jazoni yengillashtiruvchi holatlarga nimalar kiradi?
Jazoni yengillashtiruvchi holatlarga nimalar kiradi?
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilish, chin koʻngildan pushaymon boʻlish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) ogʻir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zoʻrlik, ogʻir haqorat yoki boshqacha gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
ye) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining gʻayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori taʼsiri ostida jinoyat sodir etish.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Yengillashtiruvchi holat ushbu jinoyat kodeksi maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan boʻlsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev