Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash tartibi qanday ?


Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash tartibi qanday ?

Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni toʻla oʻtamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm boʻyicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan oʻtalmay qolgan jazo muddatini toʻla yoki qisman qoʻshadi.

Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qoʻshish yoʻli bilan jazo tayinlashda jinoyat kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning ogʻirroq turi uzil-kesil tayinlanadi.

Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan boʻlsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qoʻshishda yengilroq jazoni ogʻirrogʻi bilan qoplash yoxud jazolarni toʻla yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi.

Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qoʻshiladi.

Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qoʻshimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qoʻshib tayinlanadi.

Parkent tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                              S.R.Xasanboyev