Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Bojxona ko‘zdan kechiruvi tartibi qanday ?


Bojxona ko‘zdan kechiruvi tartibi qanday ?

Bojxona ko‘zdan kechiruvi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining bo‘limlarini, tovarlarning o‘rov-idishini ochmagan, ko‘zdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratmagan va boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish orqali amalga oshiriladi.

Bojxona ko‘zdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining bo‘limlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Bojxona nazorati zonasida bojxona ko‘zdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona ko‘zdan kechiruvida hozir bo‘lish istagini bildirgan hollar mustasno.

Bojxona ko‘zdan kechiruvi natijalariga ko‘ra:

to‘g‘ri deklaratsiyalangan taqdirda — tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi;

tovarning noto‘g‘ri deklaratsiyalanganligi fakti aniqlangan taqdirda — bojxona ko‘rigi amalga oshiriladi.

 

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  M.M.Payziyev