Янгиликлар
Qamday hollarda bojxona nazorati amalga oshirilayotganda mutaxassisni va ekspertni jalb qilinadi ?
Qamday hollarda bojxona nazorati amalga oshirilayotganda mutaxassisni va ekspertni jalb qilinadi ?
Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qo‘llagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va ko‘maklashish uchun maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassisni yoki ekspertni jalb qilish bojxona organining yoxud vakolatli shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Mutaxassis va ekspert:
o‘z ishtirokida bajariladigan harakatlar predmetiga taalluqli materiallar bilan tanishishga;
tegishli harakatlarning predmetiga taalluqli savollarni shunday harakatlar ishtirokchilariga berishga;
o‘zi ishtirok etgan harakatlarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishishga va o‘zi bajaradigan harakatlar yuzasidan shunday hujjatlarga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar qilishga va tushuntirishlar berishga haqli.
Mutaxassis va ekspert maxsus bilim va ko‘nikmalar talab etiladigan harakatlarda ishtirok etishi, o‘zi bajaradigan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi, mazkur harakatlarning bajarilganligi faktini, ularning mazmuni va natijalarini o‘z imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Bojxona nazoratini o‘tkazish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishga jalb qilinganda mutaxassis yoki ekspert tomonidan olingan, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborot u tomonidan oshkor etilmasligi, boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi, uchinchi shaxslarga berilmasligi kerak, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojxona nazoratiga mutaxassisni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar o‘rni:
mutaxassis bojxona organining tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — bojxona organi tomonidan;
mutaxassis vakolatli shaxsning tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.
Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM
bosh yuristkosul’ti M.M.Payziyev