Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Bojxona tizimida xavfni boshqarish tizimining qo‘llanilishi tartibi.


Bojxona tizimida xavfni boshqarish tizimining qo‘llanilishi tartibi.

Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlarni va transport vositalarini, hujjatlarni va shaxslarni aniqlash, shunday tovarlarga, transport vositalariga, hujjatlarga va shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona nazoratini o‘tkazish shakllarini va darajasini belgilash uchun bojxona organlari xavfni boshqarish tizimini qo‘llaydi.

Xavfni boshqarish tizimining qo‘llanilish strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni qayta ishlash, xavfni tahlil qilish va baholash, xavfni boshqarishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi belgilaydi.

Xavfni boshqarish tizimining qo‘llanilish maqsadi quyidagilardan iborat:

bojxona organlarining vakolatlari doirasida davlat xavfsizligini, insonning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ta’minlash;

yuqori xavfga ega bo‘lgan sohalarga e’tiborni jamlash va bojxona organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash;

tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda bojxona operatsiyalarining o‘tkazilishini tezlashtirish;

bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining:

a) turg‘un xususiyatga ega bo‘lgan;

b) bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bosh tortish bilan bog‘liq bo‘lgan;

v) rioya etilishini ta’minlash bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa turdagi bojxona nazoratiga daxldor bo‘lgan ko‘rinishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olish.

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  M.M.Payziyev