Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari


Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

Tovar yoki uni qayta ishlash mahsuloti bojxona organi identifikatsiya qila oladigan taqdirdagina tovar reeksport qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan tovarning reeksportiga yo‘l qo‘yiladi, bunday holat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ayni bir vaqtning o‘zida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi:

kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan bo‘lsa;

tovar bojxona hududida ishlatilmagan va ta’mirlanmagan bo‘lsa, bundan tovarni qaytarishga sabab bo‘lgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur bo‘lgan hollar mustasno;

tovar o‘zgarmagan holatda turgan bo‘lsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno.

 

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  M.M.Payziyev