Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Reyimport bojxona rejimi nima ?


Reyimport bojxona rejimi nima ?

Reyimport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojxona bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda, bojxona kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.

Reyimport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi.

Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari bo‘lgan, shikastlanish chog‘ida holati yomonlashgan tovarni reyimport bojxona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida ro‘y berganligi tasdiqlangan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Tovar reyimport bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish bo‘yicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda ta’mirlash operatsiyalari va texnik xizmat ko‘rsatish, bundan tovarni kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak.

Tovar reyimport bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reyimport qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojxona rejimida bojxona hududidan olib chiqilayotganda to‘langan bojxona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar mazkur tovarni olib chiqqan shaxsning ayni o‘zi yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) tomonidan olib kirilayotgan bo‘lsa, bojxona kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Tovar reyimport qilinayotganda tovarni olib o‘tayotgan vakolatli shaxs to‘lovlar sifatida olingan yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan summalarni qonunchilikda belgilangan tartibda qaytaradi.

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  M.M.Payziyev