Янгиликлар
Tovarni reyimport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari nimalardan iborat ?
Tovarni reyimport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari nimalardan iborat ?
Tovarni reyimport bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda u shu hududda erkin muomalada turgan tovar maqomiga ega bo‘lishi lozim;
tovar uni olib chiqish uchun mo‘ljallangan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida, vaqtincha olib chiqilgan tovarga nisbatan — vaqtincha olib chiqishning belgilangan muddati ichida, tovarning bojxona hududidan tashqarida qayta ishlangan qoldig‘iga nisbatan esa — qayta ishlashning belgilangan muddati ichida reyimport bojxona rejimiga ma’lum qilinishi kerak. Bunda bojxona chegarasi kesib o‘tilgan kun tovarni olib kirish sanasi hisoblanadi, tovarni olib chiqish uchun mo‘ljallangan tegishli bojxona rejimi uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kun esa, olib chiqish sanasi hisoblanadi;
tovar tabiiy eskirish oqibatidagi yoxud tashishning, saqlashning yoki foydalanishning (ishlatishning) normal sharoitlarida kamayishi oqibatidagi o‘zgarishlarini istisno etganda o‘sha holatida bo‘lishi kerak;
bojxona organlari tomonidan tovarni identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi.
Tovarning faqat bir qismi qaytarib olib kirilgan taqdirda ham ushbu moddaning birinchi qismi talablariga rioya etilishi sharti bilan uni reyimport bojxona rejimiga joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ilgari eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilgan tovarni reyimport bojxona rejimiga joylashtirishga bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi:
kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) shartlari bajarilmagan bo‘lsa;
tovardan bojxona hududidan tashqarida foydalanilmagan va u ta’mirlanmagan bo‘lsa, bundan tovarning qaytarilishiga sabab bo‘lgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur bo‘lgan hollar mustasno;
tabiiy eskirishi hisobga olingan holda tovar o‘zgarmas holatda turgan bo‘lsa, bundan nuqsonlar aniqlangan hollar mustasno.
Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM
bosh yuristkosul’ti M.M.Payziyev