Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibi qanday ?


Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibi qanday ?

Jismoniy shaxslar qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib o‘tayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan ular bojxona chegarasi orqali o‘tayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib o‘tilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishi mumkin.

Ikki yo‘lakli tizimning qo‘llanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakning bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi.

“Yashil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar og‘zaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno.

Jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi bojxona maqsadlari uchun ushbu shaxsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga ma’lum qilish deb qaraladi.

“Qizil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi.

“Yashil” yo‘lakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qo‘llanilmasligi jismoniy shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini anglatmaydi.

Bojxona chegarasidan o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishining talablari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlari ularni olib o‘tayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga ma’lum qilinadigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida bo‘ladi.

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-onasi, vasiylari yoki homiylari tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak.

Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda (bundan pochta va kuryerlik jo‘natmalari mustasno) bojxona kodeksda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi.

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  M.M.Payziyev