Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Bojxona nazoratining predmeti va bojxona nazorati zonasi tushunchalari.


Bojxona nazoratining predmeti va bojxona nazorati zonasi tushunchalari.

Bojxona nazorati:

bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan;

taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar to‘g‘risidagi hujjatlarga va ma’lumotlarga nisbatan;

yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish, bojxona ishi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan o‘tkaziladi.

Bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi bojxona nazorati zonasidir.

Bojxona nazorati zonalari quyidagi turlarda bo‘lishi mumkin:

doimiy bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda;

muvaqqat bojxona nazorati zonasi — bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvini va bojxona ko‘rigini o‘tkazish zarurati bo‘lgan taqdirda.

Doimiy bojxona nazorati zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror bojxona organining boshlig‘i tomonidan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo‘ylab bojxona nazorati zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalari bilan kelishiladi.

Muvaqqat bojxona nazorati zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror:

vakolatli shaxsning doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish hamda ularning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish to‘g‘risidagi yozma arizasiga ko‘ra — bojxona organining boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan;

bojxona nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida aniqlangan hamda ularning bojxona ko‘zdan kechiruvini yoki bojxona ko‘rigini aniqlangan joyda amalga oshirish zarurati tug‘ilgan taqdirda, bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs keyinchalik xabardor etilgan holda — bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilinadi.

Muvaqqat bojxona nazorati zonasining amal qilish muddati va chegaralari tegishli bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi.

 

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  M.M.Payziyev