Янгиликлар
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi qanday ?
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi qanday ?
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosiga kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, pay badali miqdoriga muvofiq, bir yoki bir necha xonadan iborat bo‘lgan alohida kvartira beriladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy davlat hokimiyati organi beradigan orderga muvofiq ko‘chib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi pay badali turar joyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy summasiga teng bo‘lgan mulkiy (pul) badali hisoblanadi. Uy-joy qurish kooperativi a’zolariga beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda qilingan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi tomonidan bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi pay badalining qolgan qismini muddatidan oldin to‘lash huquqiga egadir.
Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM
bosh yuristkosul’ti D.P.Tojiboyev