Янгиликлар
Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnomani kimlar kiritishi mumkin?
Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnomani kimlar kiritishi mumkin?
Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul dalillar deb hisoblasa, chiqarib tashlash to‘g‘risida iltimosnoma berishga haqli.
Iltimosnoma jinoyat ishi sudga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan birga yuborilganidan keyin, ayblov dalolatnomasining yoki ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran uch sutka ichida berilishi mumkin.
Iltimosnomaning ko‘chirma nusxasi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.
Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil;
2) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar.
Dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan holda ularni chiqarib tashlash to‘g‘risida himoya tarafi tomonidan berilgan iltimosnomani ko‘rib chiqish chog‘ida himoya tarafi taqdim etgan vajlarni rad etish prokurorning zimmasida bo‘ladi. Qolgan hollarda buni isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan tarafning zimmasida bo‘ladi.
Agar sud dalilni chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, mazkur dalil yuridik kuchini yo‘qotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos bo‘lishi, shuningdek sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.
Ishni mazmunan ko‘rish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM
bosh yuristkosul’ti D.P.Tojiboyev