Янгиликлар
Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida o‘z fikrini bildiradi.
Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan o‘z ishonchiga amal qiladi.
Sud tergovi ma’lumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovni o‘zgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart.
Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi ma’lumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi shart. Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatishga sabab bo‘ladi.
Prokuror ayblovning mazmunini o‘zgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart.
Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, da’vo qo‘zg‘atadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni quvvatlaydi.
Prokuror jinoyat ishlarini ko‘rishda yoki hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishtirok etadi.
Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM
bosh yuristkosul’ti D.P.Tojiboyev