Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari nimalardan iborat ?


Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari nimalardan iborat ?

Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.

Taxmin qilinayotgan jinoyat ko‘rilayotgan ish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va bu ishlarni alohida-alohida ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha bo‘lgan muddatda o‘tkazishni ish bo‘yicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi.

Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bog‘liq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan bo‘lishi kerak.

Sud ajrimini ijro etish natijalariga ko‘ra davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qo‘shimchani taqdim etadi hamda uning ko‘chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.

Ilgari e’lon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan o‘zgartirilgan taqdirda, sud ishni ko‘rishni sud muhokamasining umumiy shartlari bo‘yicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati o‘zgartirilgan yoki to‘ldirilgan ayblov bo‘yicha ishni sudda ko‘rish qayta tiklangan paytdan e’tiboran hisoblanadi.

Ish bo‘yicha sud tergovi o‘tkazilayotganda sud sudda ishni yuritish to‘xtatib turilguniga qadar o‘tkazilgan protsessual harakatlarni takroran o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi.

Prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimchalar taqdim etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo‘shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va dalolatnoma yoki xulosaga e’tirozlar taqdim etishga bo‘lgan huquqini ta’minlaydi.

Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo‘yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yish haqida ajrim chiqaradi.

To‘plangan va qo‘shimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida sudga to‘ldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning ta’rifini taqdim etadi.

Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib noto‘g‘ri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan so‘ng jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  D.P.Tojiboyev