Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Sud majlisining bayonnomasi


Sud majlisining bayonnomasi

Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.

Bayonnoma qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin.

Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi arzlar aks ettiriladi.

Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:

sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi haqidagi;

texnika vositalari to‘g‘risidagi;

sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud va xodimlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.

Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.

Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qo‘llanilganligi haqida belgi qo‘yiladi.

Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi o‘zi bergan ko‘rsatuvlarni imzolaydi.

Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.

Sud majlisi bayonnomasining mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.

Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak.

Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining ko‘chirma nusxalarini o‘z hisobidan olishga haqli.

 

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  D.P.Tojiboyev