Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Hukm chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar nimalardan iborat?


Hukm chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar nimalardan iborat?

Sud hukm chiqarish vaqtida alohida xonada (maslahatxonada) quyidagi masalalarni hal qiladi:

1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir etilganmi;

2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan;

3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi;

4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti aybli bo‘lsa, uning aybi qanday shaklda;

5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va og‘irlashtiradigan holatlar bormi;

6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi;

7) sudlanuvchiga qanday jazo tayinlanishi lozim va u shu jazoni o‘tashi kerakmi;

8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o‘ta xavfli retsidivist deb topish lozimmi;

9) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada o‘tashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada o‘tashi kerakmi;

10) fuqaroviy da’vo qanoatlantirilishi kerakmi, bu da’vo kimning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar sheriklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi;

11) fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak;

12) ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni nima qilish kerak;

13) protsess chiqimlarini kimning zimmasiga va qancha miqdorda yuklash kerak;

14) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini qoldirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish kerakmi;

15) sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi.

16) sudlanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi.

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  D.P.Tojiboyev