Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish tartibi


Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish tartibi

Yashirin ovoz berish boshlanishidan oldin Sanoq komissiyasi raisi uni o‘tkazish tartibini e’lon qiladi, komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini tekshiradi va bir marotaba ishlatiladigan plombalar bilan plombalaydi.

Saylov qutisi ovoz beruvchi uning yoniga albatta yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasi orqali o‘tib boradigan qilib o‘rnatiladi.

Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan deputat Sanoq komissiyasi a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi, shundan keyin unga saylov byulleteni topshiriladi.

Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan Senat a’zoligiga nomzodlarning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga “+” yoki “https://www.lex.uz/files/4388668” yoxud “x” belgisini qo‘yish orqali to‘ldiriladi.

Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini ko‘rinarli joyda turishi kerak bo‘lgan saylov qutisiga tashlaydi.

Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni ovoz beruvchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.

Yashirin ovoz berish jarayoni tugaganidan keyin foydalanilmagan, shuningdek buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi lozim (chap tomondagi yuqori burchakni qirqib qo‘yish orqali) va alohida saqlanadi.

Parkent tumani adliya bo’limi YUXKM

bosh yuristkosul’ti                                                                  D.P.Tojiboyev