Янгиликлар
24
Parkent tumani 1-son FHDY bo‘limi mudiri respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi

Parkent tumani 1-son FHDY bo‘limi mudiri respublika tanlovida g‘olib bo‘ldi
Har yili Adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya organlari tizimida to‘rtta nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshi adliya xodimlari aniqlanib boriladi.
Quvonarlisi, mazkur tanlovning “Eng yaxshi FHDY organi xodimi” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni bizning hamkasibimiz, Parkent tumani 1- son FHDY bo‘limi mudiri Sevara Mo‘minova egalladi.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi jamoasi va barcha hududiy adliya organlari xodimlari Sevara Mo‘minovani bu yuksak eʼtirof bilan tabriklaydi. Uning kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.