Янгиликлар
31
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi




Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Mirzahmetov o‘tgan 2024 yil yakunlari haqida maʼlumot berib, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qo‘llash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yo‘nalishlarida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligini taʼkidlab o‘tdi.
Shuningdek, 2025-yilda boshqarma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli va 2025-yil 3-yanvardagi PQ 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilayotganligi yuzasidan maʼlumotlar ham berib o‘tildi.
Matbuot anjumanida jurnalist va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar oldi.