Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligi nishonlanadi


Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligi nishonlanadi

 

“Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-462-son, 27.12.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2025-yilda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligi keng nishonlanadi.

Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligini nishonlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqladi.

Dasturda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi, jumladan:

mutafakkir adibning “Tanlangan asarlar” toʻplami, uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash va chop etish;

Mahmudxoʻja Behbudiy haqida spektakllar sahnalashtirish hamda bugungi kunga qadar yaratilgan “Mahmudxoʻja Behbudiy” kinoseriali va “Xalq yuragi” badiiy-publitsistik filmlarining ommaviy namoyishlarini tashkil qilish;

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ijod maktablari oʻquvchilari, “Temurbeklar maktablari” kursantlari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash;

2025-yil oktyabr oyida “Mahmudxoʻja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini oʻrganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;

2025-yil noyabr oyida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligiga bagʻishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasini oʻtkazish.

 

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev