Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish tartibi qanday tartibda amalga oshiriladi ?


Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish tartibi qanday tartibda amalga oshiriladi ?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 132-moddasiga asosan, aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv taraflarning oʻzaro roziligi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, uni oʻzgartirish yoki bekor qilish ham oʻsha shaklda amalga oshiriladi.

Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvning bajarilishini bir taraflama rad qilishga yoki uning shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy oʻzgarishlar yuz berganda hamda aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ular oʻzaro kelisha olmaganda, manfaatdor taraf kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli. Sud aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish masalasini hal qilishda taraflarning eʼtiborga loyiq har qanday manfaatini hisobga olishga haqli ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.

Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i                                     R.Galiyev