Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va hisobga olish tartibi qanday?


Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va hisobga olish tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 149-moddasiga asosan , vasiylik va homiylik organlari ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlaydi, bunday bolalarni hisobga oladi va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan har bir holatga qarab, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydi, shuningdek bundan buyon ularga taʼminot berish, ularni tarbiyalash va ularga taʼlim berish shart-sharoitlarini nazorat qilib boradi.

Vasiylik va homiylik organidan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tashkilotlarning (maktabgacha taʼlim tashkilotlarining, umumtaʼlim muassasalarining, davolash muassasalarining va boshqa muassasalarning), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqa fuqarolar bolalar ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganligidan xabardor boʻlgach, yetti kunlik muddat ichida bu haqda bolalar haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga xabar berishlari shart. Vasiylik va homiylik organi bunday maʼlumotlarni olgan kundan eʼtiboran uch kun ichida bolaning turmush sharoitini tekshirib chiqishi va bunda bolaning ota-ona yoki qarindoshlari qaramogʻidan mahrum boʻlganligi aniqlansa, uni joylashtirish masalasi hal boʻlguniga qadar bolaning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi shart.

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaganlik, shuningdek bunday bolalarni joylashtirishda qonunchilik talablarini buzganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan muassasalarning rahbarlari va organlarning mansabdor shaxslari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i                                                            R.Galiyev