Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Fuqroviy daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik tartibi


Fuqroviy daʼvogarning tanlovi boʻyicha sudlovga tegishlilik tartibi

Oʻzbeiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 34-moʻddasiga asosan yashash joyi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki turgan joydagi yoki uning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashagan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyiga ega boʻlmagan javobgarga nisbatan daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasida uning mol-mulki turgan joydagi yoki maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.

Aliment undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash haqidagi va mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik yoxud boquvchisining oʻlimi natijasida koʻrilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogar tomonidan oʻzi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.

Kemalar toʻqnashuvi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, shuningdek suvda yordam berganlik va qutqarganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar ham javobgarning kemasi turgan yoki kema roʻyxatga olingan port joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.

Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomalardan kelib chiqadigan daʼvolar shartnomani ijro etish joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.

Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar zarar yetkazilgan joydagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.

Yuridik shaxsning filiali faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar filial joylashgan yerdagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.

Turli joylarda yashovchi yoki turuvchi bir nechta javobgarga nisbatan yoki yuridik shaxs boʻlib, turli manzilda joylashgan javobgarlarga nisbatan daʼvo javobgarlardan biri yashaydigan yoxud davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi sudga daʼvogarning tanlovi boʻyicha taqdim etiladi.

Fuqaroning mehnat, pensiya va uy-joyga doir huquqlarni tiklash, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarib berish, gʻayriqonuniy hukm qilish, gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida gʻayriqonuniy qamoqqa olish yoxud hibsga olish tarzida gʻayriqonuniy maʼmuriy jazo qoʻllash natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashash joyidagi sudga ham taqdim etilishi mumkin.

Agar daʼvogarning voyaga yetmagan bolalari borligi, shuningdek nogironligi yoki ogʻir kasalligi tufayli u javobgar yashab turgan joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning yashaydigan joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.

Bedarak yoʻqolgan deb yoxud ruhiy holati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar, shuningdek uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar daʼvogarning xohishiga koʻra oʻz yashash joyidagi sudda koʻrilishi mumkin.

 Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i                                                            R.Galiyev