Янгиликлар
Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
Oilada ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquqiy munosabatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 90-moddasiga asosan-Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor boʻlish huquqiga ega emas.
Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor boʻlish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular oʻrtasidagi umumiy mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi.
Voyaga yetmagan bolalar oʻz ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda taʼminot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun olingan mablagʻ, pensiya, nafaqa uning otasi yoki onasi tasarrufida boʻlib, bolaning taʼminoti, tarbiyasi va taʼlim olishi uchun sarflanishi kerak.
Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fuqarolik qonunchiligida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev