Янгиликлар
Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirishganlik uchun javobgarlik mavjudmi?
Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirishganlik uchun javobgarlik mavjudmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 155-prim-4- moddasiga asosan mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, —
mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish, —
kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish, —
mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni koʻp miqdorda sodir etish, —
mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev