Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Shaharlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 7-moddasiga asosan- Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:

yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzish;

yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning hamda ularga oid bitimlarning davlat roʻyxatiga olinishini tashkil etish;

yer munosabatlarini tartibga solish sohasida shaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlari jumlasiga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.

Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i                                                            R.Galiyev