Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?


Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?

Oʻzbekiston Respublikasi Yer toʻgʻrisidagi kodeksning 2-moddasiga asosan,- Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash;

qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning, eng avvalo sugʻoriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash;

qishloq xoʻjaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash;

yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash;

yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini taʼminlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

yerdan foydalanganlik uchun haq toʻlash;

yerlarning holati haqidagi axborotning toʻliq boʻlishini hamda undan erkin foydalanishga yoʻl qoʻyilishini taʼminlash.

Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i                                                            R.Galiyev