Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Kelinni uydan chiqarsak bo‘ladimi?


Kelinni uydan chiqarsak bo‘ladimi?

Uy-joy kodeksi 32-moddasiga ko‘ra uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar.

Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.

Mazkur normaning mazmuniga ko‘ra faqat mulkdorning nomida bo‘lgan uy-joyda uning oila a’zolari birgalikda yashash huquqiga ega. Xatto oilaviy munosabatlar tugatilgan taqdirda ham (ajrashganlikni nazarda tutdim).

Bu yerda ikki tushunchani izohlash talab etiladi. Birinchisi mulkdor. Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq mol-mulk qonuniy unga tegishli bo‘lgan shaxs mulkdor hisoblanadi.

Endi oila a’zolari tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz. Yuqoridagi kodeks 32-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq turar joy mulkdorining oila a’zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi.

Shuningdek, er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a’zolari deb tan olinishi mumkin. Bu normaning mazmuniga ko‘ra ota-onangiz va qolgan aka-uka, opa-singillaringiz o‘zaro kelishuv asosida oila a’zolari deb topilishi mumkin.

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                              R.Galiyev