Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

“Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi


“Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:

O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to‘g‘risidagi nizom;

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom;

Mehribonlik uylari to‘g‘risidagi nizom;

Kichik hajmli bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to‘lovlar to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari 2025 yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

2025 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                              R.Galiyev