Янгиликлар
Soliqchi xisobotlarni vaqtida topshirmaganim sababli ma’muriy jarimaga tortibdi nima qilsam bo‘ladi. Soliqchining bunga huquqi bormi?
Soliqchi xisobotlarni vaqtida topshirmaganim sababli ma’muriy jarimaga tortibdi nima qilsam bo‘ladi. Soliqchining bunga huquqi bormi?
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 17-prim 3-moddasiga muvofiq, soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan, ushbu Kodeks 175-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan (soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik) huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
MJtKning 175-moddasi 2-qismiga ko‘ra, soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari ( miqdorida, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
MJtKning 332-prim 1-moddasiga asosan, Sizga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 50% yoki o‘ttiz kun ichida jarima miqdorining 70% ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdiringizda, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinasiz.
MJtKning 245-moddasi 3-qismiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqilishi belgilangan bo‘lib, mazkur qarordan norozi bo‘lgan taqdiringizda sudga murojaat qilish huquqingiz mavjud.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev