Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish tartibi belgilandi


Tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish tartibi belgilandi

“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Unga ko‘ra, kripto-aktivlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida xatlash, musodara qilish, yetkazilgan zararni qoplash uchun olib qo‘yilishi hamda dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Kripto-aktivlar bilan bog‘liq tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o‘tkazish kripto-aktivlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi shart.

Quyidagi ma’lumotlar kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari bo‘lishi mumkin, jumladan:

▪️shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlar;

▪️xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;

▪️nazorat qiluvchi (litsenziyalovchi) organlarning ma’lumotlari;

▪️ochiq axborot manbalaridan olingan ma’lumotlar.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ma’lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:

 

axborot tashuvchi qurilmalar;

kripto-hamyonlar;

qog‘oz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qo‘lyozma va yozuvlar.

Olib qo‘yilgan, xatlangan va dalil sifatida e’tirof etilgan kripto-aktivlarning hisobi surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan yuritiladi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                              R.Galiyev