Янгиликлар
Mul’tiradarlar qayd etgan huquqbuzarliklar 48 soat ichida vakolatli organga yuborilishi shart!
Mul’tiradarlar qayd etgan huquqbuzarliklar 48 soat ichida vakolatli organga yuborilishi shart!
28.10.2024 yil kungi O‘RQ-985-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritilgan
Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritilmasligi belgilangan.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritilmaydi degani nima degani ?
Bu degani maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar manashu 48 soat ichida jarima solish to‘g‘risida qaror chiqaradigan organga yuborilmasa sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jarima qo‘llanilmaydi degan gap.
Chinoz tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i R.Galiyev