Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Notarius AAT afzalliklari


Notarius AAT afzalliklari

Notarial idoralar faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 106-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga muovfiq notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirilib, ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqaga o‘tkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirildi va notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini amalga faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi — notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi hisoblanadi.

Tizim bir qator afzalliklarga ega. Xususan Notarius AAT yordamida notarius tomonidan amalga oshiriladigan barcha huquqiy va notarial amallarni avtomatik tarzda qayta ishlash mumkin. Bu, o'z navbatida, hujjatlarni tasdiqlash jarayonini tezlashtiradi.

Hujjatlarni raqamli qayta ishlash orqali inson omili kamayishini ta’minlaydi. Notarius AAT tizimidan foydalanish orqali, notarial xizmatlar masofadan turib ham ko‘rsatilishi mumkin. Bu, ayniqsa, uzoq hududlarda yashovchi fuqarolar uchun qulay sharoit yaratadi.

Raqamli texnologiyalar yordamida hujjatlar elektron arxivda saqlanadi. Bu, o'z navbatida, ularni yo'qolishi yoki o'g'irlanishidan himoya qiladi. Elektron hujjatlar yuqori darajadagi shifrlash va autentifikatsiya texnologiyalari bilan himoyalanganligi hujjatlarni tasdiqlashda xavfsizlikni kafolatlaydi.

Notarius AAT tizimidan foydalanish orqali notarial xatoliklar va rasmiylashtirishdagi kechikishlar kabi muammolarni minimallashtirish mumkin. Bunda, notariuslar tomonidan ishlab chiqilgan va amal qilinadigan huquqiy hujjatlar standartlariga to‘liq rioya etish ta'minlanadi.

Notarius AAT afzalliklari nafaqat zamonaviy texnologiyalarga asoslangan xizmatlarning tezkorligini ta'minlash, balki notarial harakatlarni amalaga oshirishda xatoliklar va kechikishlarni kamaytirish, xavfsizlikni oshirish va masofaviy xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, AAT tizimining joriy etilishi notariat sohasining rivojlanishiga muhim xissa qo‘shadi va   jismoniy va yuridik shaxslarga   bitimlarni tasdiqlashda qulaylik yaratadi.

 

 

Zangiota tumani adliya bo‘limi, Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi             A. Sotvoldiyev