Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi


Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi

 

“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ-71-son, 24.02.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, Prezidentning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimcha kiritildi:

2025-yil 1-martdan harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to’lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi;

2025-yil 1-iyundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish ko’rsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni o’tagan harbiy xizmatchilarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                       S.Marifov